16:57 21 Noyabr 2017
Efir
Preniya advokatov, delo Jasura Ibragimova

Jasur Ibrohimov ishi: Toʻlaganovning advokatlari sud hukmiga norozilik bildirishdi

Dilshoda Raxmatova
Jamiyat
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (30)
777 0 0

Yuristlar qayta sud surishtiruvi oʻtkazilishini va himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan chiqarilgan hukm oʻzgartirilishini talab qilishmoqda.

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Jasurbek Ibrohimovning oʻlimida aybdor deb topilgan Islombek Toʻlaganovning advokatlari qayta tergov oʻtkazilishini talab qilishmoqda va jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudiga apellyatsion shikoyat joʻnatishdi, deb yozadi NUZ.UZ.

Apellyatsiya shikoyatida sudlanuvchining himoyasi Mirobod tumani sudi qaroriga qoʻshilmasligi va yuqori instantsiyaga shikoyat qilishi bildirilgan.

Yuristlar qayta sud surishtiruvi oʻtkazilishini va himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan chiqarilgan hukm oʻzgartirilishini talab qilishmoqda. Ular boʻlib oʻtgan voqeada janjalni boshlagan marhum Jasurbek Ibrohimov hamda uning hayotini saqlab qololmagan shifokorlar aybdor deb hisoblashmoqda.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida 1 dekabr kuni apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish boʻyicha birinchi majlis boʻlib oʻtadi.

Jabrlanuvchi tomon ham tez orada janjalning boshqa ishtirokchilariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish borasida prokuraturaga hujjat topshiradi.

Eslatib oʻtamiz, 30 oktyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudi Borovskiy nomli kollej talabasi Jasurbek Ibrohimovning oʻlimi yuzasidan hukm eʼlon qildi. Ushbu ishda asosiy gumondor boʻlgan Islombek Toʻlaganov Jasur Ibrohimovga oʻlimga olib keluvchi ogʻir tan jarohati yetkazishda aybdor deb topilib, olti yil muddatga umumiy tartibdagi koloniyada jazo muddatini oʻtashga hukm qilindi.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (30)

Asosiy mavzular