16:46 21 Noyabr 2017
Efir
Gazovaya komforka

Tabiiy gaz va elektr narxi 1 apreldan oshadi

© Flickr/ sunshinecity
Jamiyat
Havola olish
98502

Vazirlar Mahkamasinin qaroriga asosan Oʻzbekistonda 2018 yilning 1 aprelidan boshlab tabiiy gaz va elektr narxi 1,1 va 1,12 barobar oshadi.

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14 noyabrda eʼlon qilingan 913-sonli qaroriga asosan kelasi yilning 1 aprelidan boshlab tabiiy gaz va elektr narxi oshadi.

2018 yilning 1 aprelidan boshlab, tabiiy gazning chakana narxi 1,1 baravar, elektr energiyasi narxi 1,12 baravar oshirilsin”, — deyilgan qarorda.

Undan tashqari ushbu qarorda 2017 yilning 15 noyabridan boshlab benzin, diztoplivo, aviatsiya kerosini, mazut va motor moylari narxi oshishi ham koʻrsatib oʻtilgan.

Xususan, yonilgʻi chakana narxlari quyidagicha belgilangan: Ai-80 markali avtobenzini – 3800 soʻm, Ai-91 markali avtobenzini – 4300 soʻm, Dizel yonilgʻisi – 4100 soʻm, EKO dizel yonilgʻisi – 4200 soʻm miqdorida beligandan.

Ayrim neft mahsulotlarining ulgurji narxlari quyidagicha belgilangan: Avitsiya kerosini – 4450 ming soʻm/tonna, bitum – 2300 ming soʻm/tonna, mazut – 2400 ming soʻm /tonna, motor moyi 4800 ming soʻm/tonna, sanoat moylari – 3400 ming soʻm/tonna.

Shu bilan bir vaqtda Vazirlar Mahkamasi qarorida avtobenzinlar va aviatsiya kerosini AYOQShlar va aeroportlardagi YOQShlar orqali erkin tijorat narxlarida sotilishi qayd etilgan.

Asosiy mavzular