Toshkentda Janubiy Koreya shahar transportini boshqarish tizimi o‘rnatiladi

© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka o‘tishMnogoyarusnie transportnie razvazki
Mnogoyarusnie transportnie razvazki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TOPIS tizimi ayni damda nafaqat Seul balkim Boku va Olma-Ota shaharlarida ham muvaffaqiyatli ishlamoqda.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Janubiy Koreyaning LG CNS kompaniyasi va Toshkent shahar hokimiyati TOPIS — jamoat va shahar transportini boshqarish zamonaviy tizimi kiritish loyihasi ustida ishlamoqda deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Transport tizimini qanday rivojlantirishni yo‘lovchilarning o‘zlari aytishadi

Poytaxt ma’muriyatiga ko‘ra, tomonlar ushbu mavzuda Janubiy Koreyada muzokaralar o‘tkazgan. Bugungi kunda ushbu tizim Seulda va sobiq Ittifoqning Boku va Olma-Ota shaharlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda.

TOPIS – avtomatlashgan yo‘l harakati nazorat tizimi,  politsiya, meteorologik xizmatlar, shahar yagona taksi xizmati va xususiy shaxslardan kelib tushayotgan ma’lumotlarni jamlash xususiyatiga ega. Ulkan miqdordagi ma’lumotlar yagona vaziyatlar markaziga kelib tushadi. Masalan, Seulda ushbu axborot bazasi 400 dan ortiq yo‘llarda, 3 mingdan ortiq chorrahalarda o‘rnatilgan kameralardan va 8 mingdan ortiq avtobuslardan kelib tushayotgan ma’lumotlardan iboratdir.

“Tizim nafaqat hosil bo‘lgan transport tirbanliklari, balkim boshqa favqulodda hodisalarga ham tezkorlik bilan chora ko‘rish imkonini beradi. U real vaqtda kerakli ogohlantirishlarni aholi smartfonlariga, internet va raqamli televideniyega uzatishi mumkin. Shuningdek uning yordamida yo‘l harkati va parkovka qoidalarini buzgan fuqarolarni aniqlash hamda svetoforlar ishini boshqarish mumkin”, — dedi hokimiyat vakili.  

Seul ham, Toshkent kabi bir necha yil oldin tramvaylardan voz kechib jamoat transporti sifatida avtobuslardan foydalanishga o‘tgan edi. Bugungi kunda Seul yo‘llarida avtobuslar harakati uchun alohida yo‘laklar ajratilgan. Undan tashqari barcha avtobuslar to‘rt guruhga bo‘linib turli ranglarga bo‘yalgan.

Toshkentda ham kelajakda shunday rivojlanish yo‘lidan boradi. Xususan yo‘l harakatida avtobuslarga ustuvorlik berish rejalashtirilgan. Bu avtobuslar harakati tezligini soatiga 3-4 kmga oshirishi va harakat intensivligini 10-12 %ga oshirishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0