14:11 16 Dekabr 2017
Efir
Plastikovыe kartы Uzcard

Rossiyadan UZCARD kartalariga pul oʻtkazmalarini joʻnatish xizmati joriy qilindi

© uzcard.uz
Jamiyat
Havola olish
52210

UZCARD kartalariga pulni Rossiya yoki yaqin xorij mamlakatlaridagi istalgan CONTACT tizimi nuqtalaridan joʻnatish mumkin

TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. CONTACT toʻlov tizimi UZCARD kartalari orqali ham pul oʻtkazmalarini joʻnatish xizmatini joriy qildi. Bu haqda uzcard.uz xabar qildi.

Xabarda bildirilishicha, pul oʻtkazmalarini UZCARD kartalariga hisob raqamining rekvizitlarisiz, karta egasining ismi, familiyasi, sharifi va boshqa qoʻshimcha axborotlar talab qilinmagan holatda, faqat kartaning yuz qismidagi raqamlarni koʻrsatgan holda Rossiya yoki yaqin xorij mamlakatlaridagi istalgan CONTACT tizimi nuqtalaridan joʻnatish mumkin.

"Oʻtkazmalar AQSH dollarida amalga oshiriladi va banklardan ham shu tartibda qabul qilinadi. Joʻnatma UZCARD kartasiga 1 daqiqadan bir necha daqiqagacha boʻlgan vaqtda kelib tushadi, bu jarayon emitent bankka bogʻliq", — deyiladi xabarda.

Xabarda joʻnatmalar barcha UZCARD kartalariga joʻnatilishi mumkinmi yoki faqatgina xalqaro plastik kartalargami ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Hozirgi kunda respublikadagi 29 ta bank UZCARD kartalari emitentlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib bu xizmatni Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy banki yoʻlga qoʻydi, keyinchalik xizmat butun respublikaga yoyildi. Tizimlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitob ishlarini Rossiyaning kredit tashkiloti — "Aziya-Invest Bank" aktsionerlik tijorat banki amalga oshiradi.

Ayni vaqtda CONTACT Xitoyning milliy toʻlov tizimi China Union Pay, Qirgʻizistonning milliy "Elkart" toʻlov tizimi, Pridnestrovye Moldaviya Respublikasining milliy "Pridnestrovye" toʻlov tizimi va Moldovaning "Raduga" tizimlari bilan xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha loyihalar ustida ishlamoqda.

Asosiy mavzular