06:30 19 Yanvar 2018
Efir
Ruki v naruchnikax

Qiynoq ostida olingan dalillar sudda oʻtmaydi - prezident farmoni

© Sputnik/ Sergey Venyavskiy
Jamiyat
Havola olish
95660

Yangi farmon – sud-huquq tizimini protsessual qonunga boʻy sungan holda olib borilishini, dalil-isbotlar jamlashda noqonuniy yoʻllardan foydalanmaslikni, sudlar maksimal darajada ochiq-oydin oʻtishini taʼminlaydi.

TOSHKENT, 30 noya – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 30 noyabrda imzolagan PF-5268-sonli farmoniga binoan, bundan buyon Oʻzbekiston sud-tergov jarayonida fuqarolar huquq va erkinliklari kafolati kuchaytiriladi va sud-tergov jarayonining har bir bosqichida qonunga amal qilish nazorati kuchaytiriladi.

“Sud-hukuq islohotlarining asosiga qonun ustuvorligi, fuqarolarning tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumptsiyasi kabi konstitutsiyaviy printsiplar poydevor qilib qoʻyilgan”, — deyilgan farmonda. 

Har qanday sharoitda – qonun ustuvorligini taʼminlash 

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 83 — moddasiga muvofiq, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumptsiyasi kabi konstitutsiyaviy printsiplarni soʻzsiz va ogʻishmay taʼminlash, sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilishga huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining birinchi darajali eʼtibori qaratiladi.

Qonun normalaridan har qanday chekinish, kelib chiqish sabablaridan qatʼiy nazar —  qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.

Qiynoq va tuhmatlarga barham beriladi

Protsessual qonunchilikni buzgan yoki noqonuniy uslublar bilan olingan maʼlumotlar jinoiy ishlarda boʻyicha dalil sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Xususan, jinoyat ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq oʻtkazish va boshqa gʻayriinsoniy yoxud kamsituvchi muomala turlarini qoʻllagan holda, shaxsga huquq va majburiyatlarini tushuntirmaslik oqibatida uni chalgitgan holda, nomaʼlum yoxud ish yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan manbadan olingan maʼlumot asosida, dastlabki tergov jarayonida oʻz tasdigʻini topmagan koʻrsatuvlaridan, taxmin, faraz yoki mish-mishlarga asoslangan koʻrsatmalaridan olingan,  tegishli yuridik kuchga ega boʻlmagan maʼlumotlardan jinoyat ishlari boʻyicha dalil sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sudlar oshkora boʻlib oʻtadi

Jinoiy ishlarni oshkora koʻrib chiqilishiga xalal berish, qonunda yaqqol belgilangan hollardan tashqari – taʼqiqlanadi.

Qonunbuzarlik yoʻli bilan olingan koʻrsatma, xulosa va ashyoviy dalillar, audio, videoyozuvlardan dalil sifatida foydalanish – taʼqiqlanadi.  

Shaxsni noqonuniy ushlab turish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish, yolgʻon koʻrsatmalar berishga majbrlash kabi harakatlar uchun – jinoiy javobgarlik kiritiladi.

Tergov-taftish va sud jarayoni – nazorat ostida

Sirtdan qamoqqa olingan shaxslar, oʻzlariga nisbatan qoʻllanilgan chora ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻladi.  

Dalillarni yigʻishda noqonuniy uslublar qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi murojaatlar — prokuratura organlari yoki sud tomonidan tibbiy ekspertiza oʻtkazish orqali majburiy tekshirilishi shart.

Ogʻir jinoyatlar sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish, tintuv va boshqa protsessual harakatlar — majburiy videoqayd etiladi.

Himoyachi tomonidan toʻplangan dalillar ham jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi va jinoyat ishini sudda koʻrib chiqish vaqtida majburiy tekshirilishi va baholanishi shart.

Sud muhokamasi jarayonida stenografiya yuritiladi, uning materiallari jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.

Ilgʻor xorijiy tajriba va innovatsion uslublar 

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalar, maʼmuriy qamoqni oʻtash joylarini videokuzatuv vositalari bilan jihozlashni taʼminlanadi.

Undan tashqari Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan shaxslarning huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:

sud-tergov harakatlarini yuritishning innovatsion shakl va uslublaridan foydalanishning, shuningdek, dalillar aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi toʻgʻrisidagi jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlashning ilgʻor xorijiy tajribasini oʻrganish hamda tahlil qilishni;

sud-tergov faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, shu jumladan, “Elektron jinoyat ishi” tizimini joriy etish orqali optimallashtirish va soddalashtirish boʻyicha takliflar kiritishni tashkil etsin.

Allaqachon yuz bergan oʻzgarishlar

Eslatib oʻtamiz, oxirgi bir yil davomida Oʻzbekiston sud-huquq tizimida bir qancha oʻzgarishlar yuzberdi.

Xususan, 2021 yilga qadar qabul qilingan “Harakatlar strategiyasi”ga koʻra, odil sudlovning sifati va shaffofligini oshirish, “Xabeas korpus” institutini qoʻllashni kengaytirish maqsadida qator normativ- huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Xususan, sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qoʻshimcha tergov yuritishga qaytarish tartibining bekor qilinishi – sezilari darajada yaxshi samara berdi. Natijada faqatgina 2017 yilning 10 oy davomida sudlar tomonidan 191 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi, vaholanki oldingi tartibga koʻra, oxirgi besh yil davomida atigi 7 nafar shaxs oqlangan edi.

Undan tashqari, yil davomida dastlabki tergov organlari tomonidan reabilitatsiya va boshqa asoslar boʻyicha 3 511 ta jinoyat ishi tugatilgan.

Farmonning toʻliq matni bilan Oʻzbekiston prezidentining rasmiy sahifasida tanishing.

Asosiy mavzular