Toshkentda yangi quriladigan masjid uchun birinchi g‘isht qo‘yildi

© Upravlenie musulman UzbekistanaNovoe zdanie mecheti "Valixuja ugli Norxuja"
Novoe zdanie mecheti Valixuja ugli Norxuja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida 2-dekabr kuni "Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja" jome masjidining yangidan qurilishi rejalashtirilgan binosi uchun birinchi g‘isht qo‘yildi

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Toshkent shahrining Fayziobod mahallasida joylashgan "Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja" jome masjidining qayta qurilishi boshlandi, deb xabar qildi Musulmonlar idorasi rasmiy veb portali.

Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev "Toshkent" xalqaro aeroportida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

"Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja" jome masjidi dastlab 1962-yilda qurilgan. 1991-1992 yillarda Fayziobod mahallasida yashagan Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja hojining tashabbusi hamda mahalla ahli va faollari ishtirokida hashar yo‘li bilan qayta tiklanib, ta’mirlangan. 1997-yilda masjidga "Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja" jome masjidi nomi berilgan. 1999-yildan jome masjid sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘tgan davr mobaynida masjid binosi eskirganligi, bugunda ta’mirtalab holga kelib qolganligi tufayli avgust oyida masjidni qayta qurish ishlari boshlangandi.

© Upravlenie musulman Uzbekistana2 dekabrya proshla seremoniya zakladki pervogo kirpicha dlya novogo zdaniya mecheti "Valixuja ugli Norxuja"
2 dekabrya proshla seremoniya zakladki pervogo kirpicha dlya novogo zdaniya mecheti Valixuja ugli Norxuja - Sputnik O‘zbekiston
2 dekabrya proshla seremoniya zakladki pervogo kirpicha dlya novogo zdaniya mecheti "Valixuja ugli Norxuja"

Joriy yil 2-dekabr kuni masjidning yangidan qurilishi rejalashtirilgan binosi uchun birinchi g‘isht qo‘yildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, mutasaddi tashkilotlar vakillari, masjid tashabbuskorlari va mahalla faollari qatnashdi.

Yangiliklar lentasi
0