12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Posetiteli v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo

Mehnat migrantlarni Oʻzbekistondan chiqib ketishdan oldin ogohlantirishga majburlashadi

© Sputnik/ Maksim Blinov
Jamiyat
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
108523

Mehnat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasi, chet elga ishlashga ketayotgan migrantlarni qonunda belgilangan bir qator hujjatlarni topshirishga majbur qilishi mumkin.

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Chet elga yakka tartibda mehnat faoliyati amalga oshirish uchun chiqib ketayotgan fuqarolar davlat organlarini ogohlantirish majburiyati qoʻyilishi mumkin.

Ushbu taklif va qonun loyihasi Mehnat vazirligidagi Tashqi mehnat migratsiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan va yangi qonun loyihalarini muhokama qilish yagona portaliga joylashtirilgan.

Hujjatda aytilishiga koʻra, chet elga yakka tartibda mehnat faoliyati amalga oshirish uchun chiqib ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolari, belgilangan tartibdagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak boʻladi.  Hujjatlar onlayn roʻyxatdan oʻtish yoʻli bilan ham taqdim etilishi mumkin boʻladi.  

Hujjat Oʻzbekiston Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan. Dekabr oyining oxirida yangi  qonun Vazirlar mahkamasiga yoʻnaltiriladi.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular