12:13 18 Dekabr 2017
Efir
Sneg v Moskve

Oʻzbekistonda harorat 15-17 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

© Sputnik/ Yevgeniya Novojenina
Jamiyat
Havola olish
1824 0 0

Ayrim joylarda tuman tushadi

TOSHKENT, 5 dek – Sputnik. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat 17 darajagacha koʻtarilishi mumkin, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi.

Markazning xabar qilishicha, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, 7 va 10 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-9 dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanadi) boʻladi. Harorat kechasi 7-8 dekabrda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi, 9-10 dekabrda —3… —8 darajagacha pasayadi, kunduzi 7 dekabrda 5-10 daraja iliq, 8-10 dekabrda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 9 dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin) boʻladi. 7 dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqdan +2… +7 darajagacha oʻzgarib turadi. Kunduzi 7-8 dekabrda 10-15 daraja iliq, 9-10 dekabrda 2-7 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi. 7-8 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 9-10 dekabrda yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin) boʻladi. 7 dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 7 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq, 8 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi. 9 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, 10 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida 9 dekabrda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin) boʻlishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3-8 darajagacha iliq, kunduzi 12-17 daraja iliqdan 5-10 daraja iliq haroratga oʻzgarib turadi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 7 dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 7 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi. 8-10 dekabrda kechasi harorat +5 darajagacha koʻtariladi, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 7-8 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 9-10 dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuqdan 1-6 daraja sovuqqacha, kunduzi 1-6 daraja sovuqdan 0-5 daraja iliq haroratga oʻzgarib turadi.

Asosiy mavzular