12:10 18 Dekabr 2017
Efir
Mavzoley v Kabule, v kotorom poxoronen timuridskiy pravitel Indii i Afganistana Babur

Bobur, Beruniy va Navoiy qabrlari birgalikda obodonlashtiriladi

NICOLAS ASFOURI / AFP
Jamiyat
Havola olish
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
51510

Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida turli yoʻnalishlarda madaniy-gumanitar hamkorlik haqida kelishib olindi

TOSHKENT, 5 dek – Sputnik. Afgʻoniston hududida joylashgan Bobur, Beruniy va Navoiy qabrlari ikki mamlakat hamkorligida obodonlashtirishga kelishib olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Oʻzbek va afgʻon umumiy madaniyati ramzi boʻlgan Abu Rayhon Beruniy (Gʻaznada), Alisher Navoiy (Hirotda), Zahiriddin Muhammad Bobur (Kobulda) kabi buyuk siymolar qadamjolarini birgalikda qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish boʻyicha ham kelishib olindi”, — deyilgan xabarda.

Undan tashqari 2018 yilda Afgʻonistonda Abu Rayhon Beruniyning ilmiy ijodiga bagʻishlangan Oʻzbekistonda esa — Gavharbegimga bagʻishlangan xalqaro anjumanlar oʻtkazishga kelishib olishdi.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldin alohida oʻzbekistonlik ustalar guruhi katta mashaqqatlar bilan Afgʻonistondagi oʻzbek allomalari qabrlarini obodonlashtirgani haqida xabar bergan edik.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Asosiy mavzular