03:21 21 Yanvar 2018
Efir
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Ashrafa Gani

Oʻzbekiston Afgʻonistonga mutaxassislar tayyorlashda yordam beradi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
191 0 0

Oʻzbekiston va Afgʻoniston kadrlar tayyorlash va tibbiy xizmat koʻrsatish borasida kelishib olishdi.

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Bugun Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvda, Oʻzbekiston va Afgʻoniston prezidentlari madaniy-gumanitar sohaning turli yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Xususan, Oʻzbekiston Surxondaryo viloyatida afgʻon mutaxassislariga oʻzbek tilini oʻrgatish, temir yoʻl  va boshqa sohalarda  mutaxassislar tayyorlash uchun maxsus taʼlim markazini tashkil etdi. Undan tashqari, Afgʻoniston uchun kerak boʻlgan mutaxassislarni Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida oʻqitib berishga tayyorligini bildirdi.

Undan tashqari, tibbiy yordam sohasida Termiz shahridagi ixtisoslashgan shifoxonada Afgʻoniston fuqarolariga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shu bilan bir vaqtda Oʻzbekiston prezidenti Afgʻoniston bilan munosabatlar kelajakda yanada rivojlanishiga umid bildirdi.

“Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz tufayli munosabatlarimiz bundan keyin yanada rivojlanadi, oʻzaro bordi-keldilar kuchayadi va bularning barchasi ikki xalq manfaatlariga javob beradi, deb ishonaman,” – dedi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda Afgʻoniston va Oʻzbekiston orasida 16 ta muhim shartnoma va memorandumlar imzolandi. Imzolangan tijorat shartnomalari umumiy qiymati 500 mln dollarni tashkil qildi.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Asosiy mavzular