12:13 18 Dekabr 2017
Efir
Andijan. Park kulturы imeni A.Navoi

Prokuratura Andijon shahar hokimi harakati yuzasidan tekshirish oʻtkazmoqda

Foto, Elmurod Ermatov
Jamiyat
Havola olish
110520

Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan xalq deputatlari Kengashiga D.Rahmatullayevni javobgarlikka tortishga rozilik olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilgan

TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan xalq deputatlari Kengashiga shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayevni javobgarlikka tortishga rozilik olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

"Andijon shahar hokimi, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi D.Rahmatullayev joriy yilning 16 oktyabr kuni shahardagi qator taʼlim muassasalarining rahbarlarini nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilganligi holati yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirish oʻtkazilmoqda", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Xabarda aytilishicha, D.Rahmatullayevning harakatlarida sud tartibida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari boʻlganligini inobatga olgan holda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan xalq deputatlari Kengashiga D.Rahmatullayevni javobgarlikka tortishga rozilik olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilgan.

Hozirgi kunda mazkur taqdimnoma Kengashi tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Andijon shahar hokimining shahardagi qator taʼlim muassasalari rahbarlarini haqorat qilganligi yozib olingan audioyozuv internetda keng tarqalib ketgan va muhokamalarga sabab boʻlgandi.

Asosiy mavzular