12:15 18 Dekabr 2017
Efir
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan

Asaka avtomobil zavodida Islom Karimov yodgorlik majmuasi ochildi

© Novosti Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
28221

Zavodda doimiy ravishda faoliyat yuritadigan "Islom Karimov va Oʻzbekistonda avtomobil sanoatining rivoji" koʻrgazma-muzey ish boshladi

TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda Asakadagi avtomobil zavodi hududida Islom Karimov yodgorlik majmuasi barpo etildi. Bu haqda zavod matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, zavodda doimiy ravishda faoliyat yuritadigan "Islom Karimov va Oʻzbekistonda avtomobil sanoatining rivoji" koʻrgazma-muzey ish boshladi.

“Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Oʻzbekiston uchun mutlaqo yangi boʻlgan soha — avtomobilsozlik sanoatiga asos solishi va uni rivojlantirish tashabbusining hayotga tatbiq etilgani istiqlol solnomasidagi muhim sahifalaridan biri boʻlib qoldi. Asaka avtomobil zavodiga asos solinishida uning oʻzi bevosita ishtirok etdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Na Asakinskom avtomobilnom zavode otkrыlsya memorialnыy kompleks Islama Karimova
Press-slujba GM Uzbekistan
Asaka avtomobil zavodida Islom Karimov yodgorlik majmuasi ochildi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Asaka shahridagi avtomobil zavodiga Islom Karimov nomi berildi.

Asosiy mavzular