12:15 18 Dekabr 2017
Efir
Podpis.

Prezident farmoniga muvofiq 2 700 nafar sudlanganlar afv etiladi

© Flickr/
Jamiyat
Havola olish
91850

Afv etish toʻgʻrisidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar tez orada oilasi bagʻriga va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoniga ega boʻladi

TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 700 nafar sudlanganlarni afv etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Mamlakat tarixida ilk bor Oʻzbekiston prezidenti tomonidan 2 700 nafar sudlanganlarni afv etish, jumladan, turli holatlarda jinoyat sodir etgan, qilgan ishidan qattiq pushaymon boʻlgan va toʻgʻri yoʻlga kirgan, turar-joyi hamda jazoni oʻtash muassasalarida ijobiy tavsif olgan 956 shaxsni jazoni oʻtash koloniyalaridan ozod qilish toʻgʻrisida farmon imzolandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mahalliy OAVga tayanib.

Afv etish toʻgʻrisidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar tez orada oilasi bagʻriga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoniga ega boʻladi.

Asosiy mavzular