Yangi yildan UzCard DUET kartalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi

© uzcard.uzPlastikovie karti Uzcard
Plastikovie karti Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 3-choragida mamlakat bo‘ylab 1,4 mln. plastik karta ishlab chiqarilgan

TOShKENT, 7 dek – Sputnik. UzCard 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab DUET kartalar bo‘yicha tranzaksiyalarni to‘xtatadi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi xabar qilmoqda.

Plastikovie karti Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan UZCARD kartalariga pul o‘tkazmalarini jo‘natish xizmati joriy qilindi

Markazning bildirishicha, "UzCard" banklararo to‘lov tizimi joriy yilning 3-choragida DUET ("offlayn") kartalar orqali amalga oshirilgan banklararo tranzaksiyalarning umumiy soni 14,2 ming tranzaksiyadan iborat bo‘lib, 16,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi. O‘tgan yilning shu vaqt oralig‘ida banklararo tranzaksiyalarning umumiy soni 1,9 mln. bo‘lib, miqdori esa 1,06 trln. so‘mni ni tashkil qilgan.

"Qayd etilgan ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, UzCard 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab, DUET kartalar bo‘yicha tranzaksiyalarni to‘xtatishga qaror qildi", deyiladi markaz xabarida.

Markazning ma’lum qilishicha, joriy yilning 3-choragida mamlakat bo‘ylab 1,4 mln. plastik karta ishlab chiqarilgan. Bu 2-chorak ko‘rsatkichidan 54,2 % ko‘p demakdir.

Yangiliklar lentasi
0