12:08 18 Dekabr 2017
Efir
Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov

Minnixanov: Oʻzbekistonda boʻlmaganlarga u yerga albatta borishni maslahat beraman

© Sputnik/ Maksim Blinov
Jamiyat
Havola olish
61220

Tatariston rahbari Sputnik muxbiriga Oʻzbekiston haqidagi taassurotlari haqida soʻzlab berdi

TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. "Oʻzbekistonda qardosh oʻzbek xalqi va 300 mingga yaqin tatarlar istiqomat qiladi. Tashrifimiz judayam sermazmun boʻldi. Mamlakatning yangi rahbariyati biz bilan ijobiy muloqotda boʻldi, yirik kompaniyalarimizning Oʻzbekiston bozorida ishtiroki imkoniyatlarini oʻrganmoqdamiz. Shu bilan birga oʻzbekistonlik hamkasblarimiz bizning tajribamizni oʻrganish istagida", — dedi Minnixanov.

Uning aytishicha, tez kunlarda Tatariston Respublikasi va Toshkent viloyati oʻrtasida kelishuv imzolanadi.

"Oʻzbekistonning madaniy-tarixiy salohiyati ulkan. Oʻzbekistonda boʻlmaganlarga u yerga albatta borishni maslahat beraman. Samarqand, Buxoro, Toshkent ulkan tarixiy merosga ega shaharlar", — dedi u.

Eslatib oʻtamiz, 23-25 sentyabr kunlari Oʻzbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida Rustam Minnixanov Samarqandda boʻldi va Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. soʻngra Toshkentda tatar diasporasi vakillari va Oʻzbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bilan uchrashdi.

Bundan tashqari, Minnixanov biznes-forumda ishtirok etdi, bosh vazir Abdulla Aripov va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Asosiy mavzular