12:08 18 Dekabr 2017
Efir
ProdEkspo-2017, suxofruktы iz Uzbekistana

Oʻzbek shirinliklari Pokistonda oʻtkazilgan festival hakamlarini qoyil qoldirdi

© Sputnik/ Kirill Kallinikov
Jamiyat
Havola olish
20420

Avgust oyida oʻzbek taomlari kuni Bangkok va Tbilisida boʻlib oʻtdi. Bayram ishtirokchilari somsa, palov va chak-chak bilan mehmon qilindi

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekiston paviloni Islomobodda oʻtkazilgan dunyo mamlakatlari halqaro milliy taomlari festivalida birinchi oʻrinni egalladi.

"Tadbir ishtirokchilari Pokiston poytaxti hokimiyati va taʼlimi vazirligi, shuningdek jamoat va siyosiy doiralar vakillari Oʻzbekistonning koʻp qirrali madaniyat va tarix, sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlishdi", — deb maʼlum qildi "Jahon" AA.

Respublikaning pavilonida mehmonlar milliy taomlar va shirinliklarni tatib koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Avgust oyida oʻzbek taomlari kuni Bangkok va Tbilisida boʻlib oʻtgandi. Bayram ishtirokchilari somsa, palov va chak-chak bilan mehmon qilindi.

Asosiy mavzular