"Yandeks" O‘zbekistonda yosh dasturchilarni tayyorlashda hamkorlik qiladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOfis internet-kompanii "Yandeks"
Ofis internet-kompanii Yandeks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yandeks" kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda geografik axborot tizimlari, jumladan muayan hududga oid grafik-tasvir ma’lumotlarini o‘rganish, to‘plash va tahlil qilish tizimlarini yaratish masalasi ham muhokama qilindi

TOShKENT, 7 dek – Sputnik. "Yandeks" kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikda geografik axborot tizimlari, jumladan muayan hududga oid grafik-tasvir ma’lumotlarini o‘rganish, to‘plash va tahlil qilish tizimlarini yaratadi. Bu haqda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning "Yandeks" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistan-Belorussiya IT - Sputnik O‘zbekiston
AKT vazirligi va Belarus Yuqori texnologiyalar parki o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Uchrashuvda rossiyalik axborot texnologiyalari ekspertlariga O‘zbekistonda sohani rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, xususan "Mirzo Ulugbek Innovation Center" Innovatsiya markazi faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Muzokaralarda asosiy e’tibor yosh dasturchilarni tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasiga qaratildi.

Shuningdek, "Yandeks" kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda geografik axborot tizimlari, jumladan muayan hududga oid grafik-tasvir ma’lumotlarini o‘rganish, to‘plash va tahlil qilish tizimlarini yaratish masalasi ham muhokama qilindi.

"Yandeks" — Rossiya transmilliy kompaniyasi bo‘lib, Internet tarmog‘ida shu nomdagi qidiruv tizimi, internet-portallarga egalik qiladi hamda bir necha davlatlarda IT-xizmatlarni ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0