12:07 18 Dekabr 2017
Efir
Kalkulyator i ochki, grafik planirovaniya ekonomiki

Noyabrda nimaning narxi qanchaga oshdi – statistika qoʻmitasi maʼlumoti

© Flickr/ Ken Teegardin
Jamiyat
Havola olish
82102

Noyabr oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi oʻrtacha 2%ga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,5, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,4 va xizmatlar 0,5%ga koʻtarilgan

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston isteʼmol sektorida noyabr oyi uchun inflyatsiya darajasi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.

Unga koʻra, noyabr oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi oʻrtacha 2%ga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,5%ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,4%ga va xizmatlar 0,5%ga koʻtarilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida oʻrtacha 1,5%ga oshib, isteʼmol narxlari indeksining umumiy oʻsish darajasiga 0,7 foiz darajasida taʼsir etdi. 2016 yilning noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 0,8%ga qimmatlashgan.

Maʼlumotda qayd etilishicha, pomidor va bodring mahsulotlari narxlari birmuncha sezilarli darajada – 60,6% va 54,0%ga, uzum – 19,8%ga, olma – 14,1%ga qimmatlashdi. Shu bilan birga, sabzi – 17,2%ga, piyoz – 13,9%ga, karam – 12,9%ga va kartoshka – 1,1%ga arzonlashdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlar oy davomida oʻrtacha 3,4%ga qimmatlashishi isteʼmol narxlari indeksi oʻsish darajasiga 1,2 foiz darajasida taʼsir etdi. 2016 yil noyabr oyida nooziq-ovqat mahsulotlarning oʻsish surʼati 1,8%ni tashkil etgan.

Narxlarning oʻsish darajasiga asosan benzin mahsulotiga boʻlgan yangi narxlarning joriy qilinishi sabab boʻldi (narxlarning oʻrtacha oʻsish surʼati 39,7%), bu esa isteʼmol narxlari indeksi oʻsishiga 0,5%ga taʼsir etdi.

Dori-darmonlar 4,8%, kiyim —  2,9%, oyoq kiyim — 2,2%, shaxsiy gigiyena mahsulotlari —2,1%ga qimmatlashgan.

Noyabr oyida aholi uchun pullik xizmatlar sohasi 0,5% ga oʻsdi. Bu esa isteʼmol narxlari indeksining umumiy oʻsishida 0,1% foiz darajasida taʼsir qildi. 2016 yilning noyabr oyida xizmatlar sohasi tarifi 0,4% ga oshgan.

Ushbu sohada asosiy inflyatsion omil sifatida maishiy xizmat tariflari 2% ga va chet tili oʻquv kuslari uchun toʻlovlar 2,2% ga qimmatlashdi.

Asosiy mavzular