12:08 18 Dekabr 2017
Efir
Goroda mira. Tashkent

Toshkent shahar hududini yanada kengaytirish masalasi koʻrib chiqilmoqda

© Sputnik/ Aleksey Babushkin
Jamiyat
Havola olish
160230

Toshkent shahar hududi qaysi yoʻnalishda va Toshkent viloyatining qaysi tumanlari hisobiga kengaytirilishi yuzasidan yakuniy qaror hukumat yoki prezident alohida qarori bilan tasdiqlanadi

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Toshkent viloyatining bir qator tumanlari hisobiga Toshkent shahar hududini kengaytirish toʻgʻrisida hujjat ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri hukumatdagi manbasiga tayangan holda xabar qildi.

Poytaxt hududini kengaytirish zarurati asosan bir qator yirik qurilish loyihalariga bogʻliq. Shaharning markaziy qismi yaqin yillarda deyarli toʻliq qayta quriladi. Bundan tashqari, turar joylar va maʼmuriy binolarning bir qismi buziladi. Yangi hududlarni poytaxtga qoʻshib olish ushbu masalalarni hal qilish imkoni beradi.

"Geokadastr davlat qoʻmitasi va boshqa bir qator davlat sohaviy tuzilmalari Toshkent shahar hududiga yaqin boʻlgan hududlarni batafsil oʻrganib chiqishdi. Shaharni bir necha yoʻnalishlarda kengaytirish taklif etildi. Ular Qibray, Yangiyoʻl, Yuqorichirchiq, Quyichirchiq, Zangiota va Oʻrtachirchiq tumanlari yoʻnalishlaridir", — deya taʼkidladi hukumatdagi manba.

Toshkent shahar hududi qaysi yoʻnalishda va Toshkent viloyatining qaysi tumanlari hisobiga kengaytirilishi yuzasidan yakuniy qaror hukumat yoki prezident alohida qarori bilan tasdiqlanadi. Biroq, suhbatdosh qaror qabul qilinadigan vaqti hali aniq emasligini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston poytaxti 11 ta tumandan iborat boʻlib, uning umumiy maydoni 320 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Soʻnggi yillarda tobora ortib borayotgan talabga asosan Toshkentda keng koʻlamli uy-joy qurilishi boshlandi. Quruvchilarga yangi qurilish uchun joy yetishmay qolmoqda.

Bunday talab, birinchi navbatda, birlamchi bozorda kvartira sotib olayotgan oʻzbekistonliklar avtomatik tarzda Toshkent propiskasini olishlari bilan bogʻliq.

Asosiy mavzular