12:08 18 Dekabr 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Prezident 2018 yilga nom berish haqida Oliy Majlisga Murojaatnomasida maʼlum qiladi

© Press-slujba prezidenta RUz
Jamiyat
Havola olish
176020

Bugun Oʻzbekiston Forumlar saroyida Konstitutsiya qabul qilinganining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Bugun Oʻzbekiston Forumlar saroyida prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda nutq soʻzladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Xabarda aytilishicha, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb eʼlon qilingan 2017 yilda "Inson manfaatlari hamma narsadan ulugʻ" degan gʻoya asosida katta ishlar amalga oshirildi. Bu ishlar Konstitutsiya asosiy tamoyillarini roʻyobga chiqarishda yana bir ulkan qadam boʻldi.

"Albatta, bu haqda uzoq va batafsil gapirish mumkin. Lekin bugungi tantanali marosim yangicha mazmun va yoʻnalishda oʻtayotganini hisobga olib, men faqat eng muhim oʻzgarishlar haqida toʻxtalib oʻtmoqchiman", — dedi davlat rahbari.

Xabar berilishicha, joriy yil yakunlari va yangi yilga nom berish toʻgʻrisida esa Oʻzbekiston prezidentining yaqin kunlarda Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladigan Murojaatnomasida atroflicha fikr yuritiladi.

Asosiy mavzular