12:12 18 Dekabr 2017
Efir
AQSH dollari

Oʻzbekistonda valyuta olib kirish va olib chiqish tartibi soddalashtirildi

© Sputnik/ Maksim Bogodvid
Jamiyat
Havola olish
158780

Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 2 000 AQSH dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyutani Oʻzbekistonga olib kirish yoki Oʻzbekistondan olib chiqib ketishda yozma ravishda majburiy deklaratsiya qilish tartibi bekor qilindi

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram kanalida xabar berildi.

Farmonga asosan 2018 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 2 000 AQSH dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyutani Oʻzbekistonga olib kirish yoki Oʻzbekistondan olib chiqib ketishda yozma ravishda majburiy deklaratsiya taqdim etish tartibi bekor qilindi.

Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani respublikadan tashqariga olib chiqib ketishi ekvivalentda 5 000 AQSH dollariga teng yoki undan oshmaydigan summa doirasida hech qanday ruxsatnomalarsiz amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi.

Asosiy mavzular