12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Samolet aviakompanii Eyr Astana

"Eyr Astana" Fargʻona vodiysiga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻymoqchi

© Flickr/ Aero Icarus
Jamiyat
Havola olish
204 0 0

Ilgariroq Oʻzbekiston va Qozogʻiston Almati — Toshkent va Astana — Toshkent yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlar sonini oshirgandi

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Qozogʻistonning Eyr Astana" aviakompaniyasi Fargʻona vodiysiga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishni koʻzda tutmoqda, deb xabar qildi Podrobno.uz aviakompaniya vakili Yevgeniy Krutovga tayanib.

Almati va Astanadan Namangan, Andijon yoki Fargʻonaga aviareyslar yoʻlga qoʻyiladi. Hozirda aviakompaniya rahbariyati infrastrukturasi eng rivojlangan aeroportni tanlamoqda.

Bundan tashqari, aviakompaniya Buxoro va Samarqandga yangi yoʻnalishlar ochishni rejalashtirmoqda.

Ilgariroq Oʻzbekiston va Qozogʻiston Almati — Toshkent va Astana — Toshkent yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlar sonini oshirgandi.

Asosiy mavzular