12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Bekabad

Xalq qabulxonalari negizida Tezkor davlat xizmatlari agentliklari tashkil etiladi

Press-slujba prezidenta RUz
Jamiyat
Havola olish
34730

Davlat rahbari Xalq qabulxonasiga bir yilda bir yarim million murojaat tushganini, ularning 1 milliondan ortigʻi ijobiy hal etilganini qayd etdi

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda Xalq qabulxonalari negizida Tezkor davlat xizmatlari agentliklari faoliyat koʻrsatadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida bildirdi.

Davlat rahbari Xalq qabulxonasiga bir yilda bir yarim million murojaat tushganini, ularning 1 milliondan ortigʻi ijobiy hal etilganini qayd etdi.

"Fuqarolarimizning ogʻirini yengil qilish, kundalik muammolarini oʻz vaqtida va samarali hal etish maqsadida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma tashkil etmoqchimiz", – dedi Mirziyoyev.

Bu tuzilmaga Tezkor davlat xizmatlari agentligi deb nom bersak, ayni muddao boʻlardi. Chunki, u tezkor ravishda, markazlashtirilgan holda xizmat koʻrsatadigan idora boʻladi, deb taʼkidladi prezident.

Asosiy mavzular