04:56 19 Yanvar 2018
Efir
Myasnaya produktsiya na prilavke

"Eshak goʻshti voqeasi": kimdir kolbasa yemaslikka ahd qildi, kimdir esa bunga ishonmayapti

© Sputnik/ Vladimir Pesnya
Jamiyat
Havola olish
164140

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan "GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJga qarashli "Sharshara" nomli goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish tsexi ishchilari tomonidan eshak goʻshti boshqa goʻsht mahsulotlariga qoʻshish holati aniqlanganligi haqida bayonot bergandi

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Toshkentdagi kolbasa tsexida eshak goʻshti ishlatilganligi holati Facebook ijtimoiy tarmogʻida keng muhokama qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan "GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJga qarashli "Sharshara" nomli goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish tsexi ishchilari tomonidan eshak goʻshti boshqa goʻsht mahsulotlariga qoʻshilganligi aniqlanligi haqida bayonnot bergandi.

Xabar qilinishicha, tezkor tadbir davomida Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak goʻshti "Sharshara" goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish tsexiga oʻtkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan hamda tsexda mavjud boʻlgan 275 kg goʻsht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Facebook ijtimoiy tarmogʻida qoldirilayotgan izohlarning baʼzilari bilan tanishing (Aksariyat izohlar tahrirsiz keltirilmoqda):

"Yangi yilni kolbasasiz oʻtkazadigan boʻlibmizda endi. Hamma kolbasalardan koʻnglim qoldi", deb yozgan Matluba Abduraimova.

Muhabbat Pardayeva esa "Bu noinsoflarni bunday qilmishlari uchun umr boʻyi qamok jazosiga mahkum qilish kerak. Barcha kolbasa tsexlarini tekshirish lozim. Prokuratura xodimlariga rahmat, bularni iflosliklarini tekshirib jazo tayinlayotganligi uchun. Bu SES xodimlarini ham jazolash kerak, ishlamidi ular".

"E kolbasa chiqarmay ket! Oʻzi kolbasani insonlar tayyorlaydimi, qanaqa noinsoflar ular!",- deb yozgan Feruza Mirzayeva.

Fazilat Raximova "Endi hech ham kolbasa sotib olmaydigan boʻldik, bollarga ham yedirmayman", degan.

Abdukaxxor Iminoxunov: "Hamma turdagi mahsulotlarni texnik shartlar yoki davlat standartlari asosida tayyorlanishi kerak. Shu hujjatlarda nimani goʻshtidan tayyorlanadi, nima qoʻshiladi, aniq koʻrsatilgan boʻladi. Eng yaxshisi, kolbasa yemay, domashniy pishgan goʻsht, ruletlar yegan yaxshi deb oʻylayman".

Izohlar orasida ushbu xabarga shubha bilan qaraganlar ham bor:

"Yolgʻon! Ishonmayman! Navbatdagi tadbirkorni suvga choʻktirish bu!", — deb fikr bildirgan Yayraxon Abduraxmanova.

Inomjon Madrimov esa "Nahotki Xorazmdan atiga 69 kg eshak goʻshtini Toshkentga olib borishgan boʻlsa? Axir shuncha katta tsex uchun 69 kg eshak goʻshti ishlatish foydali boʻlib qoldimi? Bu mablagʻ juda oshib borsa, 2 mln boʻladi. Manimcha, bunday katta odamlar kichik narsaga risk qilishmasa kerak. Yana bilmadim", — deb yozgan.

"Ombordan eshak goʻshti topilgan boʻlishi mumkin, qorovul yoki boshqa birortasi bilan til biriktirib, tashlab qoʻyishgan boʻlishi mumkin (podstava), chunki Xojiboy Tojiboyev aytganidek, Xorazmdan Toshkentga 69 kilo eshak goʻshti olib kelish "nevыgodno", bu kiyik goʻshtidan ham qimmatga tushadi", — degan Shurik Odilov.

"Haqiqatdan ham achinarli agar rost boʻlsa. Lekin konkurentlarni ishiga oʻxshab ketyapti", deb yozgan Anvar Xadyatullayev.

"Sharshara sharshara deyishyapti-yu, boshqa kolbasa tsexlardayam shu ahvol boʻlishi mumkin, koʻza kunda emas kunida sinadi degandek shu 69 kg qoʻlga tushgan xolos. Bunga shubxam yoʻq!" — deb izoh yozgan Moxira Shokirova.

G'olibjon Matqobulov "Bitta bu tsexda emas, koʻp tsexlarda qoʻshadi. Bekorga baʼzi bir kishilar kolbasadan parhez qilishmaydi. Bizda sifat nazorati yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan".

Shermuhammad Akbarov "Endi aniqlashdimi? Allaqachon, hech kim "Sharshara" kolbasasini yemay qoʻyishgandiku. Kolbasani reklama qilgan "Dizayn" guruhiniyam hech kim tomosha qilmay qoʻydi".

Asosiy mavzular