Senat yalpi majlisi: budjet muhokamasi, ichki va tashqi ishlar vazirlarining axboroti

© senat.uzPlenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senatning yalpi majlisi kun tartibiga bir qator qonunlar va masalalar kiritilmoqda

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi shu yilning 20-dekabr kuni Toshkent shahrida chaqiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmatiga asoslanib "Jahon" AA ma’lum qildi.

Senatning yalpi majlisi muhokamasiga 2018-yilgi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masala kiritilmoqda.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Senat Qirg‘iziston bilan chegara to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan vazifalarning izchil ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari va masalalar kiritilmoqda.

"Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida"gi, "Kelajak bunyodkori" medalini ta’sis etish to‘g‘risida"gi, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Harbiy doktrinasini tasdiqlash to‘g‘risidagi, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslari shular jumlasidandir.

Shu bilan bir qatorda yalpi majlisda senatorlar 2018-yilda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha dastur to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadilar, O‘zbekiston ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi, shuningdek O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining 2017-yildagi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitadilar.

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining o‘n uchinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzildi.

Yangiliklar lentasi
0