Mirziyoyev Germaniyada 11-yil ishlab vatanga qaytgan doktorga Kaptiva sovg‘a qildi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyada 11-yil davomida chorvachilik bo‘yicha ishlagan doktor Alisher Qurbanov Qoraqalpog‘istonga qaytib fermada menejer lavozimida ishlamoqda

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida xorijda ishlab vatanga qaytib kelgan doktorga mashina sovg‘a qildi. Bu haqda kruz.uz xabar bermoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi

Xabarda aytilishicha, prezident Xo‘jayli tumanida barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida bo‘lgan hamda "Panaev Farms" fermer xo‘jaligi rahbari Qutlimurat Panayev bilan suhbatlashgan. Suhbat davomida Panayev Germaniyada 11-yil davomida chorvachilik bo‘yicha ishlagan doktor Alisher Qurbanovni Qoraqalpog‘istonga qaytarib, unga barcha imkoniyatlarni yaratib bergani va u bugungi kunda fermada menejer lavozimida ishlayotganini bildirgan.

"Shavkat Mirziyoyev Alisher Qurbanovga yurtimizga qaytib ishlayotgani uchun Kaptiva avtomashinasini sovg‘a qildi", deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0