Prezident Nukusda iqtidorli o‘quvchilar bilan muloqot qildi

© Foto: press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev posetil novuyu shkolu-internat imeni Ibraima Yusupova v gorode Nukuse
Shavkat Mirziyoyev posetil novuyu shkolu-internat imeni Ibraima Yusupova v gorode Nukuse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida yangi qurilgan Ibroim Yusupov nomidagi maktab-internati faoliyati bilan tanishdi

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Nukus shahrida yangi qurilgan Ibroim Yusupov nomidagi maktab-internati faoliyati bilan tanishdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Germaniyada 11-yil ishlab vatanga qaytgan doktorga Kaptiva sovg‘a qildi

Prezidentning tashabbus va ko‘rsatmalari asosida bunyod etilgan mazkur ta’lim muassasasi barcha zamonaviy talablarga ega, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Bu yerda o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Shavkat Mirziyoyev shu yerning o‘zida bir guruh iqtidorli o‘quvchilar, ta’lim dargohi o‘qituvchilari bilan samimiy muloqot qildi.

Prezidentning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi 15-dekabr kuni boshlandi.

O‘zbekiston rahbarining mazkur safardan maqsadi hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish hamda xalq bilan muloqot qilishdir.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga shu yilning yanvarida tashrif buyurgan hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasida bir qator topshiriqlar bergandi.

Yangiliklar lentasi
0