Nukusdagi oliy sport mahorati maktabida prezident bilan uchrashuv sovg‘alarga boy bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Prezident nomidan og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli turnirlar sovrindori Rustam Jangaboyevga uy, dzudochi Elor Masharipovga "Malibu" avtomobili, qilichbozlik bo‘yicha xalqaro turnirlar sovrindori Zaynab Dayibekovaga "Nexia" mashinasi berildi

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukusda yangi qurilgan Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar berdi.

Davlat rahbari majmuada mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan yosh sportchilar bilan muloqot qildi.

"Avvalambor shunday zamonaviy sport inshooti bilan sizlarni tabriklayman. Bu maskanda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoit yaratilgan. Endi shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yuksak natijalarga erishish kerak", dedi prezident.

Uzbekskie militsioneri radom s pamatnikom Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Sportchilarga ichki ishlar tizimiga ishga kirishda imtiyoz berildi

Shavkat Mirziyoyev majmuada Qoraqalpog‘iston sport murabbiylarining malakasini oshirish markazini tashkil etish, mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shu yerda prezident nomidan og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli turnirlar sovrindori Rustam Jangaboyevga uy, dzudochi Elor Masharipovga "Malibu" avtomobili, qilichbozlik bo‘yicha xalqaro turnirlar sovrindori Zaynab Dayibekovaga "Nexia" mashinasi berildi. Mashg‘ulotlarga qatnashayotgan boshqa yosh sportchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sportning 11 turi bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilgan yangi sport majmuasining zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan 7 sport zali, yotoqxona, oshxona, mashg‘ulotlar uchun sun’iy qoplamali sport maydonchalarida 700 dan ziyod o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanishi mumkin.

Ushbu sport kompleksi Qoraqalpog‘iston terma jamoalari o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazadigan bazaga aylantiriladi. Mazkur majmua o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari uchun yaratilgan imkoniyatlari bo‘yicha mamlakatda yagona hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0