04:58 19 Yanvar 2018
Efir
Uzbekskaya valyuta - sum

Aliment toʻlashdan boʻyin tovlash muddati qisqartirildi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
142372

Oila kodeksiga qoʻshilgan normaga muvofiq voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar boʻlgan davr uchun, shu jumladan koʻchmas yoki koʻchar mulk tarzida yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yoʻli bilan oldindan toʻlanishi mumkin

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Alimentlar toʻlashdan boʻyin tovlash muddatlari qisqartirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 13 yalpi majlisida aytib oʻtildi.

Senatorlar "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini koʻrib chiqdilar. Qonun bilan Oʻzbekiston prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi qaroriga muvofiq "Garov toʻgʻrisida"gi, "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi hamda "Ipoteka toʻgʻrisida"gi qonunlarga oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Qonunning bir qator qoidalari voyaga yetmagan bolalarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Jumladan, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz bolalarni, shuningdek, ota-onalarni taʼminlash uchun alimentlar toʻlashdan boʻyin tovlash muddatlari qisqartirilmoqda. Bu muddat tugagach, shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Voyaga yetmagan bolalarning, shuningdek, mehnatga layoqatsiz va muhtoj ota-onalarning moddiy taʼminotiga salbiy taʼsir koʻrsatilishiga va qarzdorning aliment majburiyatlari boʻyicha toʻlov qobiliyatining yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Jinoyat kodeksidan jarima tarzidagi sanktsiya chiqarib tashlanmoqda. Bundan tashqari, alimentlar toʻlanishini taʼminlash maqsadida Jinoyat kodeksi shaxs moddiy zararni qoplagan taqdirda, uni javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qoidalar bilan toʻldirilmoqda.

Oila kodeksiga qoʻshilgan normaga muvofiq voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar boʻlgan davr uchun, shu jumladan koʻchmas yoki koʻchar mulk tarzida yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yoʻli bilan oldindan toʻlanishi mumkin.

Asosiy mavzular