04:50 18 Yanvar 2018
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev yangi - 2018 yil nomini eʼlon qildi

Pres-slujba prezidenta RUz
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
17044394

Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika tarixida ilk bor Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnoma taqdim etmoqda

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi marta Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etish jarayonida 2018 yil nomini eʼlon qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ayni paytda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika tarixida ilk bor Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etmoqda.

Bu nufuzli tadbirda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolari bilan birga, videokonferentsiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan xalq deputatlari hamda barcha boʻgʻindagi ijro hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar vakillari keng tarkibda ishtirok etmoqda.

Murojaatnoma 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va Oʻzbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan. 

"Yangi yilga qanday nom berish borasida koʻp oʻyladik, koʻp maslahatlashdik. Yil davomida kelgan koʻplab murojaatlar, fikr-mulohazalar eʼtiborga olindi. Oʻzbekistonda ishchi joy — eng katta dard. Ish oʻrinlarini yaratmasak odamlar bizdan rozi boʻlmaydi, koʻp muammolar bor. Oʻzbekistonda qanchadan-qancha nogironlar bor ekan. Buni hammamiz koʻrdik. Balandparvoz gaplarga hali erta, kelgusi yilda juda koʻp ish qilishimiz kerak. Yangi yilga nom berilishida, eng avvalo, natija qanday boʻladi — degan savolga javob berish kerak. Men yangi — 2018 yilga yurtimizda "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili, deb eʼlon qilishni taklif qilaman", — deb taklif qildi prezident Shavkat Mirziyoyev. 

Prezidentning ushbu taklifi yigʻilish qatnashchilari tomonidan gulduros qarsaklar bilan qoʻllab-quvvatlandi.

Yigʻilish qatnashchilariga "Bu qarsaklar yurakdan boʻlsa, menga juda yoqadi", — deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular