04:51 18 Yanvar 2018
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovыm

Shavkat Mirziyoyev: shifokorning ham, muallimning ham farzandlari bor, axir

Press-slujba prezidenta RT
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
332560

"Bundan avvalgi loyihada qurilgan uylarning 35-40 foiz boʻm-boʻsh turibdi, chunki ular nevarayu evaralarga olib qoʻyilgan", dedi prezident

TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasida arzonlashtirilgan uylar qurilishi borasida ham fikr bildirdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.

“Ilgari qurayotgan 6 sotixli uylarimiz ancha qimmat edi. Tan olaylik, yangi ish oʻrinlari yaratmasdan, aholiga daromad manbasi yaratmasdan, oddiy odamlarga bunday uylarni sotib olishga imkoniyat berish qiyin edi. Natijada uylarni asosan bozor direktorlari va boshqalar sotib oldi. Bundan avvalgi loyihada qurilgan uylarning 35-40 foiz boʻm-boʻsh turibdi, chunki ular nevarayu evaralarga olib qoʻyilgan. Shuning uchun biz oddiy aholi ham sotib olsin degan niyatda arzonlashtirilgan uylarni qurishga qaror qildik. Shifokorni ham, muallimni ham farzandlari bor, axir”, dedi prezident.

Eslatib oʻtamiz, bugun Oʻzbekiston tarixida ilk bor prezident Oliy Majlisga Murojaatnoma yoʻllamoqda.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular