04:53 18 Yanvar 2018
Efir
Post

Shavkat Mirziyoyev: viloyatlar chegarasidagi barcha yoʻl-patrul postlari tugatiladi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
2404170

Bu haqda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasida taʼkidlangan

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyatlar chegarasidagi barcha yoʻl-patrul postlarini tugatish lozimligini aytib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

"Oʻzingiz oʻylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi boʻlsa, yoʻlda 17 ta postdan oʻtadi. Fargʻona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi", — deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasida.

Shu munosabat bilan viloyatlar chegarasidagi barcha yoʻl-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati statsionar postlari sonini keskin kamaytirish lozimligi taʼkidlandi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular