04:48 18 Yanvar 2018
Efir
Posetiteli rasmatrivayut futbolki na Mejdunarodnoy xlopkovoy vыstavke v Tashkente

Mirziyoyev: tadbirkorning rivojlanishiga davlat idoralari yoʻl qoʻymayapti

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
61240

Prezident bozor iqtisodiyoti sharoitida keng, teng va halol raqobat muhitini yaratish kerakligini taʼkidladi hamda ikki yil davomida tadbirkorlarni tekshirish man etilishini taklif qildi

TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasida mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining faol rivojlanmayotganganiga eʼtibor qaratdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.

"Oʻzbekistonda nima uchun tadbirkorlik rivojlanmayapti? Tadbirkorning rivojlanishiga davlat idoralari yoʻl qoʻymayapti. Joylarda amaldorlar faqat oʻz shaxsiy manfaatlarini oʻylab ish koʻrmoqda", dedi Mirziyoyev.

Prezident davlat arbobi Uinston Cherchillning "Baʼzilar tadbirkor deganda sogʻin sigirni, faqat baʼzilar ogʻir aravani tortayotgan mehnatkash otni tushunadi", degan soʻzlarini msiol qilib keltirdi.

"Import qilinadigan mahsulotlarni olib kirish huquqi ayrim guruhlar qoʻliga toʻplanib, moʻmay daromad manbaiga aylanganini oqlab boʻlmaydi. Baʼzi korxonalarga imtiyozlar berish orqali monopoliyaga yoʻl qoʻydik", dedi Oʻzbekiston rahbari.

Prezident bozor iqtisodiyoti sharoitida keng, teng va halol raqobat muhitini yaratish kerakligini taʼkidladi hamda ikki yil davomida tadbirkorlarni tekshirish man etilishini taklif qildi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular