04:55 18 Yanvar 2018
Efir
Sotrudnik SNB Uzbekistana

Oʻzbekistonda Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi qonun ishlab chiqiladi

AP Photo / Anvar Ilyasov
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
207182

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar toʻgʻrisida"gi va "Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar toʻgʻrisida"gi va "Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va Oʻzbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Murojaatnomasiga bagʻishlangan anjuman davom etmoqda.

Yigʻilishda prezident Shavkat Mirziyoyev respublika huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyati haqida toʻxtalib oʻtdi.

"Dunyoning baʼzi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, oʻz navbatida, terrorizm va ekstremizm tarqalishiga hamda bu illatlar global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Aynan shu nuqtai nazardan va globallashuv davrining barcha tahdidlarini inobatga olgan holda Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi", — dedi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar toʻgʻrisida"gi va "Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular