04:53 18 Yanvar 2018
Efir
Posolstvo Uzbekistana v Rossii

Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlardagi elchilarga alohida topshiriq berdi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
100570

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev elchixona xodimlarining asosiy vazifalari Oʻzbekistonga xorijiy investitsiya va sayyohlarni jalb qilish ishlarini yanada jadallashtirish zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda xorijiy davlatlardagi elchilar tomonidan kelgusida amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalari xususida toʻxtalib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Yigʻilish davomida Oʻzbekistonning Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya elchilari oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berishdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev elchixona xodimlarining asosiy vazifalari Oʻzbekistonga xorijiy investitsiya va sayyohlarni jalb qilish ishlarini yanada jadallashtirish zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Yigʻilishda prezident xorijiy davlatlardagi elchilariga alohida topshiriq berdi.

"10-15 yanvargacha Oʻzbekistonga kelasizlar. Bir yil davomida qilanadigan ish tizimi maʼqul boʻlsa ishlaysizlar, boʻlmasa ketasizlar", — deb taʼkidlab oʻtdi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular