04:49 18 Yanvar 2018
Efir
Plenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan

Prezident deputatlar maʼqullagan davlat byudjetini imzolamasligini aytdi

© senat.uz
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
1578120

Shavkat Mirziyoyev moliya vazirini qattiq ogohlantirdi

TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasida 2018 yilgi davlat byudjeti haqida toʻxtalib oʻtdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.

"Hisobotlarda goʻyoki ijobiy oʻzgarishlar yuz berayotgandek tuyuladi, lekin ular faqat raqamlar, bizga raqamlar emas, odamlarning ahvoli, turmush darajasi yaxshilanishi kerak. Mahalliy kengash, tuman, shahar va respublika shu bilan shugʻullanishi kerak.

Kecha byudjet muhokama qilinganini koʻrdim. Deputatlar maʼqullagan byudjetni men imzolamayman. Avval muammolar hal qilinsin. Moliya vazirligidagi noinsoflarga qulay boʻlgan byudjetni emas, xalqimizga oson boʻlgan byudjetni imzolayman.

Qoʻchqorov oʻzgarish qilmasa bir oyda ishdan haydayman. Ertangi kunni oʻylaydigan Moliya kerak menga", dedi prezident.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular