04:52 18 Yanvar 2018
Efir
Uinston Cherchil. Arxivnoye foto

Mirziyoyev Cherchilldan iqtibos keltirdi

© AP Photo/
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
117750

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga tadbirkor haqida oʻz fikrini aytdi

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bugun, 22 dekabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda eng katta armoni nima ekani haqida toʻxtalib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri. 

"Joylarda baʼzi mutasaddilar tadbirkorga kalamushday yopishib olgan. Tadbirkorlarni tekshiraverib, ishlashiga yoʻl qoʻymaydi. Ularni amalda yetarlicha qoʻlab-quvvatlay olmayotganimiz mening eng katta armonim. Ikki yil ular tekshirilmaydi. Endi ularni tekshirish bilan prokuraturaning maxsus boʻlimi shugʻullanadi. Buni shaxsan prezident nazorat qiladi", — dedi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasida.

Tadbirkorlar haqida gapirar ekan, Mirziyoyev britaniyalik siyosatchi Uinston Cherchilni esga oldi. "Cherchillni koʻproq oʻqigan odam kam boʻlmaydi, u bizning hayotimizga mos gaplarni aytgan. Men sizlarga uning tadbirkorlar haqida jaydari tilda aytgan gapini misol keltirmoqchiman.

"Baʼzilar tadbirkor deganda sogʻin sigirni, baʼzilar ogʻir aravani tortayotgan mehnatkash otni tushunadi", degan.

Cherchil bekorga aytmagan bu gaplarni. Yakka hokimlikka hech kimning haqqi yoʻq", — dedi Oʻzbekiston prezidenti va barchaga Cherchillni koʻproq oʻqib turishni maslahat berdi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular