06:28 19 Yanvar 2018
Efir
Zdaniye pravitelstva respubliki Uzbekistan

Davlat boshqaruvini haddan tashqari markazlashtirishdan voz kechiladi

© Flickr/ Stefan Munder
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
89520

Shavkat Mirziyoyev oʻz Murojaatnomasida eng ogʻir muammolardan biri davlatning funktsiya va vakolatlari haddan tashqari markazlashib ketganligini qayd etdi

TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba prezidentning parlamentga Murojaatnomasi taqdim etildi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz Murojaatnomasida eng ogʻir muammolardan biri davlatning funktsiya va vakolatlari haddan tashqari markazlashib ketganligini qayd etdi. Masalan, hozirgi vaqtda 64 ta litsenziya turi mavjud boʻlsa, shundan 21 tasi Vazirlar Mahkamasi va 40 tasi markaziy idoralar tomonidan beriladi. Bu litsenziyalarning uchtasi viloyat hokimliklari va faqatgina bittasi tuman hokimliklari vakolatiga tegishlidir.

Shundan kelib chiqib, Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvini haddan tashqari markazlashtirishdan voz kechish zarurligini taʼkidladi. Buning uchun koʻpgina vakolatlarni markaziy davlat organlaridan hududiy organlarga oʻtkazish kerakligini bildirdi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular