04:55 18 Yanvar 2018
Efir
Vыstupleniye Shavkata Mirziyoyeva vo vremya poslaniya Oliy Majlisu

Mirziyeyov hokimlar vakolatlari haqida aytib oʻtdi

Press-slujba prezidenta RUz
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
138120

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga hokim vakolatlari haqida oʻz fikrini aytdi

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 dekabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda xokimlarning ijro hokimiyati vakolatlari haqida oʻz fikrini aytib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Yigʻilish davomida hokimlarning ijro va vakillik hokimiyati rahbari sifatida vakolatlarini ajratib qoʻyish masalasi haqida toʻxtalib oʻtdi.

"Keyingi paytda xalq deputatlari kengashlarining rolini, xalq noiblari vakolatlari tubdan oshirildi. Siyosiy partiyalarining mahalliy hokimiyat idoralarining shakllantirish borasida vakolatlari borasida bosqichma-bosqich kengaytirildi. Deputatlik nazorati esa mustahkamlandi. Biroq ochiq tan olish kerak, hokimlarning ham mahalliy kengashlarga, ham ijro hokimiyatiga rahbarlik qilishi demokratik printsiplarga mos keladi deb boʻlmaydi. Hech qayerda bunday narsa yoʻq",- dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Shundan soʻng, prezident hokimlarning hududlarning rivojlantirish mahalliy byudjetning ijro etish, kommunal muammolarni hal qilish kabi dolzarb faoliyatini ustidan xalq oʻz vakillari orqali tegishli nazoratni amalga oshirishga imkoniyat yaratib berish eng muhim vazifa boʻlib qolishi zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular