04:56 18 Yanvar 2018
Efir
Jurnalistы na press-konferentsii

Prezident tashabbusi: Oʻzbekistonda jurnalistika universiteti ochiladi

Fotoxost-agentstvo
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
34910

Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalar, tahliliy internet saytlarni moliyaviy qoʻllab quvvatlash davlat fondini tuzish va Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini tashkil etish zarurligi taklif qildi

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Joriy yil 22 dekabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari faoliyati haqida toʻxtalib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Prezident nutqida koʻplab sohalar qatorida ommaviy axborot vositalari faoliyati, xususan, internet-nashrlarga alohida eʼtibor qaratdi.

Prezident oʻz soʻzida, jamiyat hayotida demokratik printsiplarni mustahkamlashga ommaviy axborot vositalar muhim va taʼsirchan omil hisoblanishi, bu borada chinakam professional zamonaviy jurnalistika shakllantirish, xususan nodavlat ommaviy axborot vositalarini, axborot tahliliy internet saytlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratish, buning uchun alohida davlat fondi tuzish vaqt soati kelganligini aytdi.

"Bugungi kunda Oʻzbekistonda 1,5 ming dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat koʻrsatmoqda. Ular mulk shakli, yoʻnalishi, axborot uzatish vositalariga koʻra turlichadir. Oʻz-oʻzidan ravshanki, ularning barchasiga yuqori malakali kadrlar zarur. Afsuski, bunday keng koʻlamli vazifani bir joyda markazlashtirgan holda hal etadigan tayanch oliy oʻquv yurti mamlakatimizda mavjud emas", —deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

Shu maqsadda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Prezidentning ushbu taklifi yigʻilish qatnashchilari tomonidan gulduros qarsaklar bilan qoʻllab-quvvatlandi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular