04:51 18 Yanvar 2018
Efir
Vыstupleniye Shavkata Mirziyoyeva pered deputatami

Mirziyoyev: onani rozi qilishga harakat qilsak, hamma ishimiz oʻngidan keladi

Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
175560

Janubiy Koreya zamonaviy tajribasi boʻyicha Oʻzbekistonda xususiy davlat sherikchilik asosda boʻlgan bogʻchalar ochiladi

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikada xususiy davlat sherikchilik asosda bogʻchalar ochilishi haqida aytdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

"Janubiy Koreyada bogʻchada 2 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarning dunyoqarashini, maʼnaviyatini, bilimini oʻzgartiradi. Kam boʻlsa ham ikkita tilni, Vatanini sevishga oʻrgatadi, va eng asosiysi — har kuni uch mahal sifatli ovqat beradi. Bizni qishloqdagi 3-4 ta bolali ayollarimiz, onalarimiz, qizlarimiz qayerga borsin, sveti, gazi boʻlmasa, bogʻchasi ham boʻlmasa. Ana shu adolatsizlikni men oʻylayman, joyiga qoʻydik. Bu albatta qiyin, oson ishning oʻzi yoʻq. Lekin biz bu yerda bitta narsani — onani rozi qilishga harakat qilsak, hamma ishimiz oʻngidan keladi", — deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev. 

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Oʻzbekistonda xususiy davlat sherikchilik asosida maktabgacha taʼlim tizimi yaratiladi

Prezident, bu borada Janubiy Koreya maktabgacha taʼlim tizimi borasida tajribasi hokimlar bilan kelishib olinganligi va qaror qabul qilinganligini maʼlum qildi.

"Agar qishloqlarda xususiy davlat sherikchilik asosida maktabgacha taʼlim tarbiya tizimini qurganga kreditni ham arzon beramiz, 50 foiz gaz bilan svet narxini davlat oʻzi toʻlaydi", — deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentning ushbu taklifi yigʻilish qatnashchilari tomonidan gulduros qarsaklar bilan qoʻllab-quvvatlandi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular