Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi rahbarlari bilan majlis o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident provel soveshanie s rukovoditelyami sferi kulturi i iskusstva
Prezident provel soveshanie s rukovoditelyami sferi kulturi i iskusstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Majlisda Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va ijodiy tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 25-dekabr kuni madaniyat va san’at sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Proyekt delovogo sentra Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston
"Tashkent city" xalqaro ishbilarmonlik markazi loyihasi yanada takomillashtiriladi

Xabarda aytilishicha, majlisda Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va ijodiy tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Ularning faoliyatiga tanqidiy baho berilib, bu boradagi ishlarni faollashtirish va yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Tegishli mutasaddi rahbarlarga P.Benkov nomidagi rassomlik kollejida 400 o‘rinli, dizayn kollejida 200 o‘rinli o‘quvchilar turar-joyini qurish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash yuzasidan topshiriq berildi.

Majlisda madaniyat va san’at sohalarida sidqidildan xizmat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ularning uy-joy, ijtimoiy va tibbiy sharoitlarini yaxshilash, gonorarlar miqdorini oshirish, yosh iste’dod egalarining salohiyatini yuzaga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish g‘oyat muhim vazifalardan biri ekani alohida qayd etildi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Tarixiy murojaatnomadan iqtiboslar

"Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma’noda, madaniyat — bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim", — deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0