O‘zbekistonda homilador ayollar ommaviy ultratovush tekshiruvidan o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishSentr po vedeniyu beremennosti i rodov u jenshin s serdechno-sosudistimi zabolevaniyami v GKB № 6 Chelyayuinska
Sentr po vedeniyu beremennosti i rodov u jenshin s serdechno-sosudistimi zabolevaniyami v GKB № 6 Chelyayuinska - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolalarda irsiy kasalliklarga barvaqt tashxis qo‘yish usullarini takomillashtirish orqali chaqaloqlar ommaviy tekshiriladi

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Onalar va bolalar sog‘lig‘ini har tomonlama mustahkamlash hamda "Ona va bola skrining" markazlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, respublikadagi "Ona va bola skrining" markazlari yuqori texnologik diagnostika tibbiyot uskunalari, butlovchi buyumlar, reagentlar va zarur materiallar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Sog‘liqni saqlash tizimini mutlaqo o‘zgartirish - davr talabi

Homiladorlikning dastlabki uch oyida ayollar markaziy ko‘p tarmoqli tuman (shahar) poliklinikalarida tug‘ishdan oldin ommaviy tekshiriladi.

Xavf guruhiga kiradigan homilador ayollarda genetik sindromlarni biokimoviy tekshirishni bosqichma-bosqich joriy etish yo‘li bilan homilada tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldi olinadi hamda ularga barvaqt tashxis qo‘yish chora-tadbirlari takomillashtiriladi.

Homilaning genetik sindromi bo‘yicha xavf guruhini aniqlash uchun homiladorlikning erta muddatlarida ayollar qoni bosqichma-bosqich biokimoviy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Bolalarda irsiy kasalliklarga barvaqt tashxis qo‘yish usullarini takomillashtirish orqali chaqaloqlar ommaviy tekshiriladi, shuningdek, bemor bolalarni dori vositalari va davolaydigan ovqatlar bilan ta’minlash orqali irsiy kasalliklarni davolash samaradorligi oshiriladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro nodavlat xayriya jamg‘armasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yuqori texnologik diagnostika tibbiyot uskunasi, butlovchi buyumlar, reagentlar, zarur materiallar, bolalar davolovchi ovqati, dori vositalari 2023-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0