04:32 18 Yanvar 2018
Efir
Otrabotannoye yadernoye toplivo

Oʻzbekiston va Rossiya atom energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

© Sputnik/ Aleksandr Kondratyuk
Jamiyat
Havola olish
257 0 0

Bitim Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish sohasida ikki tomonlama oʻzaro aloqalar uchun huquqiy asos yaratadi

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari oʻrtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohadagi hamkorlik boʻyicha bitim imzolandi.

Hujjatni Oʻzbekiston tomonidan bosh vazir oʻrinbosari Nodir Otajonov, Rossiya tomonidan "Rosatom" bosh direktori Aleksey Lixachev imzoladi.

Bitim Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish sohasida ikki tomonlama oʻzaro aloqalar uchun huquqiy asos yaratadi.

Oʻzbekiston atom energetikasi uchun milliy infratuzilmani yaratish va takomillashtirish hamda kadrlarni tayyorlash, mamlakatda AES va tadqiqot reaktorlarini qurish, shuningdek ularni butun davriyligi davomida qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston mineral-xomashyo bazasini oʻrganish bilan uran konlarini qidirish va oʻzlashtirish, uran moddasini saqlash boʻyicha maxsus joylarni asl holatiga qaytarish kabilar oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari hisoblanadi.

Bitim aniq loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun qoʻshma ishchi guruhlarni tashkil etish hamda ekspertlar bilan almashish, seminarlarni tashkillashtirishni ham koʻzda tutadi.

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning 2017 yil 2 noyabrda Oʻzbekistonga tashrifi doirasida "Rosatom" davlat korporatsiyasi va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi oʻrtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish borasida hamkorlik qilish haqidagi memorandum imzolangandi.

Asosiy mavzular