06:43 19 Yanvar 2018
Efir
Generalnыy direktor goskorporatsii Rosatom Aleksey Lixachev

Lixachev: AES Oʻzbekistonni yangi ish oʻrinlari va energiya xavfsizligi bilan taʼminlaydi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
134673

Lixachevning aytishicha, quvvati 2,5 GVtni tashkil etuvchi ushbu energiya obʼyekti qurilishi mamlakatning ichki energiya taʼminotidagi muammolarni hal etibgina qolmay, xorijga ham elektrni eksport qilish imkoniyatini beradi

TOSHKENT, 29 dek – Sputnik. "Rosatom" korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev Oʻzbekistonda atom elektr stantsiyasi qurilishi qanday imkoniyatlar berishi haqida aytib oʻtdi.

"Albatta, atom sohasida hamkorlik qilish bu mamlakatlar va xalqlar oʻrtasidagi mustahkam ishonch belgisidir. Mening fikrimcha, mazkur loyiha Oʻzbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, bu energetika majmuasining diversifikatsiya qilinishidir. Bu esa energetik xavfsizlik uchun yangi imkoniyat va darajalar yaratilishi demakdir", dedi u.

Lixachevning aytishicha, ushbu obʼyekt qurilishi davrida 6 minggacha kishi ish bilan taʼminlanadi va stantsiya ishga tushganidan soʻng 2 mingga yaqin kishi yuqori haq toʻlanuvchi ish joyiga ega boʻladi.

"Mamlakatda bunday zamonaviy obʼyektning bunyod etilishi Oʻzbekistonning, oʻzbek ilmiy doiralarining mintaqadagi obroʻsini oshiradi. Quvvati 2,5 GVtni tashkil etuvchi ushbu energiya obʼyekti qurilishi mamlakatning ichki energiya taʼminotidagi muammolarni hal etibgina qolmay, xorijga ham elektrni eksport qilish imkoniyatini beradi. Biz mazkur elektr stantsiyasini nafaqat Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy va investitsiyaviy munosabatlar natijasi, balki Oʻzbekiston iqtisodiyotini yuksaltiruvchi omil ham deb baholaymiz", — dedi "Rosatom" rahbari.

Asosiy mavzular