03:34 21 Yanvar 2018
Efir
Pasport i blank

Chet elga chiqish pasporti qachon joriy etilishi aytildi

© Sputnik/ Valeriy Melnikov
Jamiyat
Havola olish
400520

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi chet elga chiqish pasporti qachondan joriy etilishi va muddati oʻtgan pasportdan foydalanish qanday oqibatlarga olib kelishi haqida maʼlumot berdi

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi, polkovnik B.Shariksiyev chet elga chiqish pasporti qachon joriy etilishi, uning berilish tartibi toʻgʻrisida izoh berdi, deb xabar qildi IIV matbuot-xizmati.

Shariksiyevga koʻra, Oʻzbekiston prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga chiqish pasportini joriy etish toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan 2019 yilning 1 yanvar kunidan Oʻzbekiston fuqarolariga chet elga chiqishlari uchun "chet elga chiqish pasporti" joriy etiladi.

Ushbu chet elga chiqish pasporti bilan xujjatlashtirilgan Oʻzbekiston fuqarolariga chet elga chiqish ruxsat yozuvi talab etilmaydi.

Polkovnik, shuningdek, muddati oʻtib ketgan pasportdan foydalanish oqibatlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 223-moddasi 1-qismida pasporti shart boʻlgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashashi, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi, shuningdek pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportni yoʻqolishi-eng kam ish haqining yarim baravaridan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan", — dedi Shariksiyev.

Asosiy mavzular