Qur’on musobaqasiga ro‘yxatga olish 4-yanvarda boshlanadi - Musulmonlar idorasi

© Sputnik / Askarov DilshodbekFestival Korana v Moskve
Festival Korana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu musobaqada diniy ta’lim muassasalari va Toshkent Islom universiteti talabalaridan tashqari masjid imom xatiblari, imom noiblar hamda Qur’oni Karim qiroati bo‘yicha iqtidorli, 18 yoshdan 40 yoshgacha barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Qur’on musobaqasiga ishtirokchilarni ro‘yxatga olish muddati o‘zgardi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Moskva jome’ masjididagi Qur’on festivali tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
Hatto Pushkin madh etgan kitob - Moskvadagi Qur’on festivalidan reportaj

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi e’lon qilgan videorolikda aytilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilk bora o‘tkazilayotgan ushbu musobaqaga ro‘yxatga olish 2018-yilning 4-yanvar sanasidan boshlanadi va 13-yanvarga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ro‘yxatga olish 2018-yil 1-yanvaridan boshlab 10-yanvarigacha davom etishi haqida xabar berilgan edi.

Ushbu musobaqada diniy ta’lim muassasalari va Toshkent Islom universiteti talabalaridan tashqari masjid imom xatiblari, imom noiblar hamda Qur’oni Karim qiroati bo‘yicha iqtidorli, 18 yoshdan 40 yoshgacha barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Musobaqaning tuman, shahar va viloyat bosqichlari 2018-yilning 1-2 oyida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqada ishtirok etishni xohlaganlar O‘zbekiston Musulmonlar idorasining viloyatlardagi vakilliklariga murojaat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0