04:29 18 Yanvar 2018
Efir
Gazovыy schetchik

Ayrim toifadagi isteʼmolchilar uchun tabiiy gaz narxi deyarli 4 baravarga oshdi

© Sputnik/ Stringer
Jamiyat
Havola olish
184613

2017 yilning 15 iyulidan isteʼmolchi tashkilotlar uchun 1 kub metr tabiiy gaz narxi 263,4 soʻm etib belgilangan edi

TOSHKENT, 3 yanv – Sputnik. 2018 yil 1 yanvardan ayrim korxonalar foydalanilgan tabiiy gaz uchun toʻlovlarni yangi tartibdagi tariflarda amalga oshirishadi. Bu haqda “Oʻztransgaz” AJ maʼlum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish va realizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab pishirilgan gʻisht, asfalt, tsement ishlab chiqaruvchi, ohaktosh va gips qazib oluvchi, qayta ishlovchi, beton va temir-beton ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun tabiiy gaz toʻlovi 1 kub metr uchun 1000 soʻm etib belgilandi.

Shuningdek, issiqxona va issiqxona-parnik xoʻjaliklari, chinni va fayansdan buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, gips-karton, yoʻlakbosh va keramika plitalari, bruschatkalar, keramik va tsement-qum cherepitsalar, quruq qurilish aralashmalari, quvur buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, restoranlar, kafelar va boshqa umumiy ovqatlanish obʼyektlari (mehmonxonalar va ularga tegishli boʻlgan obʼyektlar bundan mustasno) ham tabiiy gaz uchun yuqorida koʻrsatilgan narxda toʻlovni amalga oshiradi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning 15 iyulidan isteʼmolchi tashkilotlar uchun 1 kub metr tabiiy gaz narxi 263,4 soʻm etib belgilangan edi.

Asosiy mavzular