Test sinovlariga kiritilgan savollar sifati yaxshilanadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishStudent v auditorii. Arxivnoe foto
Student v auditorii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asosiy muammo – test savollarining chalkash va noaniq tuzilishi bo‘lib, abituriyentga yagona to‘g‘ri javobni tanlashni qiyinlashtiradi.

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda test savollari sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qator choralar qabul qilinmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ushbu muammo bir necha yildan beri abituriyent va ularning ota-onalari va mutaxassislar tomonidan ko‘tarib chiqilmoqda. Asosiy muammo – test savollarining chalkash va noaniq tuzilishi bo‘lib, abituriyentga yagona to‘g‘ri javobni tanlashni qiyinlashtiradi. Muammoni yechishning eng samarali yo‘li – test savollari tuzishga mutaxassislar yondashuvini va ularning javobgarligini o‘zgartirish, deb tushunilmoqda.

“Bugungi kunda Davlat test markazida faoliyat yuritayotgan o‘qtuvchi pedagoglarning paydo bo‘lishi katta yutuq bo‘ldi. Ular test savollari mazmuni  bilan shug‘ullanishadi. Oldin bunaqasi bo‘lmas edi. Vazirlik tomonidan yo‘naltirilgan turli ekspert va mutaxassilar yordamidan foydalanilar edi. Shuning uchun ham ularning javobgarlik burchlari ham turlicha bo‘lar edi”, — deydi DTM vakili.

Uning aytishiga qaraganda, endi aniq yo‘nalishlar bo‘yicha javobgar bo‘lgan muayan mutaxassislar paydo bo‘lgan. Ular test savollarining mazmuni va sifati uchun javob berishadi.

Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Test natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlarning arizalari ko‘rib chiqildi
Undan tashqari DTM mutaxassislari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularni jalb qilish bo‘yicha faoliyat olib borishmoqda. O‘tgan yilning noyabr oyida Toshkentga Lankaster universiteti vakili, dunyoning yetakchi testologlaridan biri Rita Grin tashrif buyurgan edi.

Rita Grin bilan uchrashuv natijasiga ko‘raDTM va Britaniya Kengashi test markazi bilan test o‘tkazish jarayonini takomillashtirish borasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi yillar davomida O‘zbekistonda abituriyentlar soni yil sayin o‘rtacha 10 %ga o‘sib bormoqda. 2016-yilda 663 ming kishi hujjat topshirgan bo‘lsa, 2017-yilda – 729 ming kishi OTMlarga kirish istagi bildirgan. 2018-yilda esa abituriyentlar soni 810 mingga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0