Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan bolakayning orzusi amalga oshdi

Obuna bo‘lish
12 yoshli Komiljon Ismoilov prezident bilan muloqotda orzusi "Bunyodkor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lish ekanligini aytdi

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi "Fayzli" mahallasida yashovchi bolakay Komiljon Ismoilovning orzusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng amalga oshdi. Bu haqda "Bunyodkor" futbol klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "Aspire" futbol akademiyasining vakolatxonasi ochiladi

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahriga safari davomida "Fayzli" mahallasida istiqomat qilayotgan aholi bilan uchrashib, turli masalalarda suhbatlashdi. Suhbatdoshlardan biri, 12 yoshli Komiljon Ismoilov prezident bilan muloqotda orzusi "Bunyodkor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lish ekanligini aytdi.

"Shavkat Mirziyoyevning bolakayga "orzuing amalga oshdi deb hisoblayver", deya ishonch bilan ta’kidlashi o‘smir futbolchiga olam-olam quvonch ulashdi", deb yozadi klub matbuot xizmati.

Shundan so‘ng "Bunyodkor" futbol klubi rahbariyati Komiljon Ismoilov bilan bog‘lanib, uni "Bunyodkor" futbol maktabiga taklif etdi va u klub akademiyasiga qabul qilindi.

"Prezidentimiz bilan uchrashuv hayotimni butkul o‘zgartirib yubordi. Yangiyo‘lda 3-4 yildan beri futbol bilan shug‘ullanib kelaman. O‘zimni yangi qirralarimni kashf etish va yanada kuchliroq bo‘lish istagida "Bunyodkor" akademiyasida tahsil olish orzularimdan biri edi. Hurmatli Shavkat Miromonovich menga shunday tuhfa ato qildiki, hozirda juda baxtiyorman", — deydi Komiljon.

Yangiliklar lentasi
0